Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Opa, siz menga ‘ponyatka’ bermang»
23.01.2021 15:56,  
3400

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, fuqaro yosh hokim bilan telefon orqali muloqotida uning muomalasidan norozi bo‘lib, shikoyat qilgan.Bu haqida "Daryo" xabar berdi.

«Opajon, siz menga nima deyotgandingiz, men mana bularga baqirib, anu qilayotgan paytim edi. Siz menga nima deyapsiz?», — deydi yosh hokim.

Mazkur gapga javoban fuqaro yosh hokimga hech kimga baqirishga haqqi yo‘qligini eslatib, «Kimga baqiryapsiz?» deya savol beradi.

Setora Ergasheva esa bunga javoban fuqaroga «Mening qo‘l ostimda qancha odamim va qancha muammom borligini bilasizmi?», — deydi.

O‘zaro suhbatda fuqaro yosh hokimga hali yoshligini, fuqarolarga yaxshi munosabatda bo‘lishini aytib, «Muomala madaniyatini o‘rganing», — deydi. Yakkabog‘ tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Setora Ergasheva esa «Opa, siz menga ‘ponyatka’ bermang», — deya javob beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvda, shuningdek, yosh hokim fuqaroga telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berganini aytib, «Qaysi hokim telefoningizga javob bergan?», — deydi. Fuqaro esa tuman hokimi Lutfiddin Abdullayev telefon qo‘ng‘iroqlariga tezda javob berganini bildiradi.

Yakkabog‘ tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sherzod Hasanov 10 kun muddatga hokimlik vazifasini bajarayotgan Setora Ergasheva Jahon tillari universitetining birinchi kurs talabasi va Prezident stipendiyasi sohibasi ekanligini ma’lum qildi.«Setora Ergasheva maktabni oltin medal bilan tamomlagan va grantga o‘qishga kirgan. Uning tashabbusi bilan Yakkabog‘da kam ta’minlangan oilalar farzandlarining o‘qishi uchun o‘quv markaz tashkil qilinib, ‘Prezident’ o‘quv markazi deb nomlangan», — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari.

Sherzod Hasanov yosh hokim va fuqaro nima sababdan tortishganiga Setora Ergasheva bilan suhbatlashgach oydinlik kiritishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi hokimlar 2021 yil 17 yanvar kuni 10 kunlik mehnat ta’tiliga chiqib davolanish va dam olish uchun Toshkentga jo‘nab ketgandi.Hokimlar mehnat ta’tiliga chiqqach ularning o‘rnini yosh hokimlar egallagandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан