Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi Namanganda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 54 million dollar kredit ajratdi
26.02.2020 17:55,  
58

OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi Namangan shahri va Yangiqo‘rg‘on tumani hududlarida ichimlik suv ta’minotini yaxshilash loyihasiga 54 million dollar kredit taqdim etdi. Bu haqda Namangan viloyati matbuot xizmati xabar qildi.

2020 yil 25 fevral kuni Avstriya poytaxti Vena shahrida OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi (OFID) tomonidan O‘zbekistonga 54 mln. AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit taqdim etish to‘g‘risida bitim imzolash marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan hujjatni O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sherzod Asadov va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi nomidan uning bosh direktori Abdulxamid Alhalifa imzoladi.

Ushbu mablag‘ viloyatimizning Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 22 ta aholi punktida va Namangan shahrida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasini moliyalashtirish uchun sarflanadi.

Loyiha doirasida xalqaro sifat standartlariga javob beradigan suv ta’minoti infratuzilmasi yaratiladi, buning natijasida Namangan viloyatining 200 mingga yaqin aholisi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан