Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘pka shamollaganda MSKTga tushish xavflimi?
7.10.2020 15:23,  
1048

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Ubaydullayeva bilan suhbatlashdi.

– Koronavirusga gumon qilinganda o‘pkani multispiral kompyuter tomogrammasi qilish qanchalik muhim, uning organizmga zararli tomonlari yo‘qmi? 

– Koronavirusga gumon qilinganlar kasallik alomatlarini birinchi kunidan o‘z oilaviy shifokorlariga murojaat qilishlari kerak. Shifokorlar bemorning shikoyati, umumiy ko‘ruvi, epidemiologik anamnezidan kelib chiqqan xolda kasallikni tasdiqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar buyuradi. Bunday holatlar nafaqat koronavirusga gumon qilinganlar, balki inson o‘zida qandaydir kasallik alomatini sezishi bilan, birinchi kunlardanoq murojaat etishlari kerak.

Endi multispiral kompyuter tomogrammasiga kelsak, biz unutmasligimiz kerak, bu inson organizmiga qandaydir miqdorda bo‘lsa ham nurlanish beradi, to‘g‘ri u nurlanish dozasi nazorat etiladi, lekin qayta qayta MSKTga tushish ham xavfli. Ayniqsa, agarda kasallikni ilk kunlarida MSKTga tushsangiz unda deyarli o‘zgarish kuzatilmasa, keyin aniq kasallik alomatlari kuchayganidan so‘ng, bir yoki ikki xafta oralig‘ida MSKTga yana tushishingiz kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda nurlanish ko‘payadi, imkon qadar MSKTga qayta tushish uchun orada kamida ikki oy o‘tishi lozim.

MSKTni maqsadli qo‘llash borasida gaplashadigan bo‘lsak, bunda koronavirusni organizmga ta’sirini va kechuvi jarayonini gapirish bilan tushuntirib beraman. Koronavirus o‘pkani jarohatlashni kasallikning ilk kunlaridan boshlaydi. Tashxis qo‘yish uchun kasallikni birinchi kunlarida MSKTni o‘tkazish mumkin. Lekin bu jarayonda hali kasallikning ilk kunlari bo‘lgani bois, o‘pkaning fibroz jarohatlanishi kuzatilmagan bo‘ladi, aytib o‘tganimizdek, faqatgina virusli yallig‘lanish jarayoni namoyon bo‘ladi, xolos.  Nima uchun, buni to‘liq gapirmoqdaman, sababi, ko‘pgina yurtdoshlarimiz shifokorga murojaat etmasdanoq kasallikning ilk kunlarida MSKTdan o‘zlari mustaqil o‘tadilar,  MSKTda fibroz jarohatlanish degan yozuvni ko‘rmaydilar va menda jarohatlanish yo‘q ekan degan yanglish fikr bilan, xattoki shifokorga ham bormay qo‘yadilar va o‘z immunitetim bilan tuzalib ketaman degan fikr bilan davolanmaydilar ham.

Koronavirus shunchalik ayyor viruski, u birinchi 5-7 kun shamollash alomatini oladi, shu davrda unchalik kuchli belgilarni yuzaga chiqarmaydi, tana xarorati bir yoki ikki marta 38 darajadan yuqori bo‘ladi, bir yoki 2-3 kun diareya kuzatiladi, 4, 5, 6 kunlar insonda kasallik alomatlari tuzalayotgandek bo‘ladi. Aynan 7-10 kunlarda yashirin autoimmun jarayon boshlanadi. Unda yo‘tal paydo bo‘ladi va u kun sayin kuchayib boradi, xansirash qo‘shiladi, ba’zilarda birdaniga tana harorati 39 va 40 darajagacha ko‘tarilmoqda, holsizlik va mushaklar, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar kuchayib boradi. Shunday holatda MSKT tekshiruvi juda muhim, aynan shu davrda qon quyulish elementlarini o‘rganish juda muhim. Ya’ni, qonning umumiy tahlili, biokimyoviy tahlili va peshob, kerak bo‘lsa, axlatning umumiy tahlillarini o‘tkazish kerak. Ushbu tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, qon suyultiruvchi dori vositalari, Glyukokortikosteroidlar, antibiotiklarni qo‘llash mumkin.

Ko‘rib turibsizki, kasallikning aynan 7-10 kunlarida o‘pkada fibroz jarohatlanishlar ko‘rinar ekan. Shu bois, MSTKga kasallikni birinchi alomatlari paydo bo‘lgan davrda borib, ham mablag‘ ketkazib, ham vaqtni ketkazib, keyin esa yanglish xulosalar bilan o‘z ahvolingizni yomonlashtirmang. Kasallikni birinchi alomatlari boshlanishi bilan oilaviy shifokoringizga murojaat eting, ularning tavsiyalariga ko‘ra, o‘z vaqtida dori vositalarini qabul qiling, tekshiruvlardan o‘ting.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан