Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘pkasi kasallangan xomilador ayol MSKTga tushsa bo‘ladimi?
2.11.2020 15:32,  
303

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholidan tushayotgan muhim savollarga javob qaytarildi:

— Xomilador ayolda yo‘tal va nafas qisishi kuzatildi. Shifokorga murojaat qilganda MSKTga tushishni tavsiya qildi. MSKT esa o‘pkada xech qanday o‘zgarish yo‘q deb chiqardi. Xomilador ayolni MSKTga tushgani qanchalik to‘g‘ri edi? Qanday  holatlarda xomiladorlarga MSKT-tekshiruvi o‘tkaziladi?

— MSKT tekshiruv usulini koronavirusda o‘pkaning jarohatlanishini aniqlash maqsadida foydalanish tavsiya etiladi. Bu usulda, o‘pkaning jarohatlanishga bog‘liq ravishda kasallik yengil, o‘rta og‘ir yoki og‘ir darajada kechayotganiga tashxis qo‘yish imkoni mavjud.

Shu bois, bu tekshiruv usuli kasallikning 5-7 kunlaridan so‘ng bemorda yo‘tal va hansirash belgilari kuchayishi kuzatilganida o‘tkazish kerak bo‘ladi.

Xomiladorlik davrida bu usuldan foydalanish aslida mumkin emas, bu usuldan foydalanish uchun ayolning hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan jiddiy holatlar kuzatilayotgan bo‘lishi lozim. Savolingizdagi xomilador ayolda esa yo‘tal va xansirash belgilari bo‘lgani bois, unga shifokor MSKT tavsiya etgani ko‘rinib turibdi, lekin shu o‘rinda biz to‘xtalishimiz kerak bo‘lgan holat bor, bu tekshiruvni tavsiya qilish uchun ko‘rsatmalardan e’tibor berish kerak bo‘lgan asosiy holatlardir, ya’ni:

- shifokor tomonidan xomilador shikoyatlaridan tashqari kasallikka oid ma’lumotlarni to‘liq o‘rganishi, ya’ni koronavirus kasalligi bilan kontakda bo‘lgan yoki yo‘qligini aniqlashi kerak;

- shifokor tomonidan xomilador salomatligi ko‘rsatkichlarini o‘rganish uchun umumiy ko‘ruv o‘tkazishi kerak.

Agarda homilador ayolning hayotiga havf solishi mumkin holat aniqlansa, bu tekshiruv usulni tavsiya etishi kerak, chunki inson hayotiga xavf soladigan holatda xomiladorlarga kam miqdorda bo‘lsa ham, uni dozasini nazorat qilish imkoni bilan MSKT tekshiruvi o‘tkaziladi.

MSKTda nurlanish mavjud va shuni unutmasligimiz kerakki, bu nurlanish homilaga ta’sir etishi mumkin. Lekin, bu nurlanish ta’sirini o‘rganish imkoniyati ham mavjudligini unutmaslik kerak.

Ya’ni, murojaatingiz bo‘yicha, shunday xulosa berishimiz mumkin, shifokor ko‘rsatmasi asosida MSKT o‘tkazgansiz va bu nurlanish bolaga ta’sir etishi sizni xavotirga solayotgan bo‘lishi mumkin. Bu holatda, oldindan turli xulosa chiqarib, o‘zingizni xavotirga qo‘ymaslikka xarakat qiling, yashash joyingiz bo‘yicha oilaviy poliklinika shifokori va ginekolokka uchrashing. Bolaga nurlanish ta’sir etishi yoki unda qandaydir o‘zgarishlar paydo qilish mumkinligini aniqlash uchun maxsus tekshiruv usullari mavjud, shu tekshiruv usullardan o‘tishingiz talab etiladi va undan so‘ng xulosa chiqarish mumkin. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан