Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oq uy Trampdan keyin yaxshilab dezinfeksiya qilinadi - Politico
11.12.2020 13:23,  
136

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Oq uyni Jo Baydenga bo‘shatib bergandan keyin u yerda dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Bunday qaror Tramp va uning ma’muriyatidagi ko‘plab xodimlar koronavirusga chalingani bilan bog‘liq holda qabul qilingan.

Politico nashrining AQSh umumiy xizmatlari ma’muriyatidagi manbaga tayanib xabar berishicha, dezinfeksiya ishlari prezident saylovlari g‘olibi deb e’lon qilingan Jo Bayden Oq uyni egallashidan oldin o‘tkaziladi.  

Ta’kidlanishicha, Tramp Oq uyni tark etgach, u yerdagi barcha sirtlar bir necha soat davomida dezinfeksiya qilinadi. Bundan tashqari, Oq uyda havoni tozalash ishlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.    

Oktyabr boshida Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp koronavirusga chalingandi. Tramp bir necha kun harbiy gospitalda davolangandan keyin Oq uyga qaytgandi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан