Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oq Uyda kuzatuv qurilmalarini Isroil o‘rnatgan bo‘lishi mumkin
12.09.2019 19:13,  
149

AQSh hukumati Oq uy  va Kolumbiya okrugidagi strategik inshootlar yaqinida mobil telefonlar vositasida kuzatuv qurilmalarini o‘rnatish ortida Isroil turgan bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Politico gazetasi o‘z manbasiga asoslanib xabar berdi.

O‘tgan yil aprel oyida CNN telekanali AQSh ichki xavfsizlik vazirligining hisobotiga tayanib, Kolumbiya poytaxt okrugida noqonuniy mobil kuzatuv qurilmalari aniqlangani haqida aytgandi. Xabarga ko‘ra, ayni idora xalqaro mobil aloqa abonentlarini aniqlashga urinish (IMSI) singari noodatiy faollikni qayd etgan.           

Politico keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra FQB va boshqa idoralarning izchil tekshiruvlari ushbu kuzatuv moslamalarini o‘rnatish ortida Isroil turgani haqidagi xulosaga olib kelgan. Moslamalar AQSh prezidenti Donald Tramp va uning yaqin maslahatchilarini kuzatish uchun o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, Isroilning bu harakatlari qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lgan-bo‘lmagani halgacha noma’lum. Ammo gazetaning yozishicha, shunga o‘xshash boshqa xorijiy davlatlarning kuzatuv qurilmalari yoki ayg‘oqchilariga nisbatan munosabatdan farqli ravishda Vashington Isroilga hech qanday ayblov e’lon qilmagan. 

Isroil esa o‘z navbatida Politico’ning ma’lumootlarini rad etib chiqdi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netayaxuning devoni tomonidan RIA Novostiga “Bu quruq bo‘hton. AQShda hech qanday josuslik harakatlarida qatnashmaslik borasida Isroil hukumatining avvaldan olgan majburiyatlari va ko‘rsatmalari bor. Bu ko‘rsatmalarga qat’iy, istisnosiz amal qilinadi”, deb xabar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан