Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oq uyning sobiq xizmatchisi koronavirusdan vafot etdi
23.05.2020 06:23,  
211

AQShda Oq uyning sobiq xizmatchisi Uilson Ruzvelt Jerman 91 yoshida vafot etdi. Mamlakatning 11 prezidenti bilan ishlagan odamning o‘limiga koronavirus sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Fox 5 telekanali.

Jermon Oq uyda 1957 yildan 2012 yilgacha - 55 yil ishladi. U dastlab farrosh sifatida ish boshlagan. Uni bosh xizmatkor lavozimiga prezident Jon Kennedining rafiqasi Jaklin Kennedi tayinlagan.

AQShda hozirga qadar 1,63 millionta koronavirus holati qayd etilgan. 96 329 nafar bemor vafot etgan. 313 ming kishi butunlay sog‘ayib ketdi. AQSh koronavirus holati aniqlanish holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан