Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘qituvchi va shifokorlar maoshini oshirish uchun 350 mlrd so‘m ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev
2.11.2021 19:18,  
183

1 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Davlat rahbari yig‘ilish davomida 2022 yilda mo‘ljallangan davlat byudjeti loyihasida ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilganini bildirdi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

«Ta’lim va tibbiyot tizimiga hech qachon bunday pul bermaganmiz. Shu narsani xalqimiz bilishi kerak», — deydi Prezident «O‘zbekiston 24» telekanali tomonidan efirga uzatilgan lavhada.

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, bepul davolanish orderiga 600 milliard so‘m ajratiladi: «Bu ham yangilik bizning tizimimizda. Kasalni o‘ziga pul beramiz. Bitta kasallik uchun 50 ming yoki 40 ming so‘m sizning ixtiyoringizda. ‘Xohlasangiz tibbiyotni davlatnikiga, xohlasangiz xususiyga boring‘, deymiz. Sal bo‘lsa ham shunda davlat idoralari tibbiyotining dunyoqarashi o‘zgaradi, degan fikrdaman», — deydi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан