Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sherzod Shermatov: O‘qituvchilarning oylik maoshi 10 milliongacha oshiriladi
24.10.2020 14:05,  
1039

AOKAda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda ishtirok etayotgan Xalq ta’limmi vaziri Sherzod Shermatovning qayd etishicha, sinf rahbarligi uchun to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi . Metodistlarlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Bitiruvchilarining OTMlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari rag‘batlantiriladi. Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarning o‘qituvchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy malaka toifasi beriladi.

Vazirning ta’kidlashicha, 2024 yilga qadar yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshiriladi.

Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан