Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oqoltinda ikki nafar fuqaro vertolyot yordamida qutqarildi (foto)
5.05.2020 13:00,  
318

Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatlarini bartaraf etishda Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot aviatsiyasi ishtirok etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Belgilangan reja asosida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarning borish qiyin joylarida razvedka-qidiruv ishlarini amalga oshirayotgan harbiylar Oqoltin tumanida ikki kishini qutqardi.

Vertolyotga olingan bu ikki fuqaro zudlik bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Mudofaa vazirligining harbiy mobil tibbiy markaziga olib kelindi. Ularning biri 1985 yilda tug‘ilgan Erkin Omonov bo‘lib, 1 oyog‘i jarohatlangan. Ikkinchisi 1996 yilda tug‘ilgan Fayzullo Qodirovning tana harorati ko‘tarilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан