Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘quvchilari 8 km masofadagi maktabga eshakda qatnaydigan Chimboy tumani hokimi Equinox xarid qilmaydigan bo‘ldi
17.01.2021 18:17,  
698

Chimboy tumani hokimi lavozimiga yaqinda tayinlangan Aybek Tajetdinov xizmatda foydalanish uchun Equinox avtomobilini xarid qilish fikridan qaytdi.

«Kun.uz» nashrida e’lon qilingan «Chimboydagi o‘quvchilar 8 kilometr uzoqlikdagi maktabga eshakda borishmoqda» sarlavhasi ostidagi xabardan keyin ijtimoiy tarmoqda turli bahs-munozaralar paydo bo‘ldi. Xususan, «Troll.uz» Telegram-kanalida «Chimboy tumanida o‘quvchilar eshak minib maktabga qatnamoqda. Shu tumanga hokim bo‘lgan Aybek Tajetdinov hokim bo‘lganidan 1 oy o‘tib Equinox xarid qilgan», – deb yozildi.

Chimboy tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Nargiza Toliboyevaning aytishicha, Equinox xaridi bekor qilingan.

«Avtomashina xaridi uchun pul ham o‘tkazilmagan. Hokim hozirda o‘zining avvalgi Captiva’sida yuribdi», — dedi hokimning matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, ilgari Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida, hozir esa Chimboy tumani hokimi bo‘lgan Aybek Tajetdinov UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Equinox rusumli mashinani 349 million so‘mga sotib olish bo‘yicha shartnomani 2020 yilning 21 dekabr kuni imzolagan.

Shartnoma muddati 10 kun qilib ko‘rsatilgan. Ammo Chimboy tumani hokimligi bosh hisobchisi Zaxaratdin Jiyemuratovning aytishicha, shartnoma to‘liq bekor qilingan. Shartnomada ko‘rsatilgan pul ham o‘tkazilmagan.

Shu bilan birga, «Troll.uz» 8 kilometr yo‘l bosib maktabga qatnaydigan o‘quvchilar uchun avtobus tashkil qilish taklifini bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан