Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab direktorlariga oylik ustamalar to‘lanadi
4.01.2021 13:11,  
63

Bu borada Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 31 dekabrda tegishli qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, Hukumatning 2019 yildagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga oid qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

"Endilikda o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktablarning rahbar xodimlariga va soatbay ishlovchi o‘qituvchilarga ham oylik ustamalar belgilanadi" - deya yozmoqda Gazeta.uz.

Qolaversa, pedagoglarga xalqaro tadqiqotlarga o‘quvchilarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shsa bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oy 100 foiz ustama to‘lanadi. Ilgari ushbu ustama pedagoglar faoliyati davomida yuqori natijalar ko‘rsatgan taqdirda to‘langan.

Ustamaga da’vogar pedagoglarning o‘quvchilari xalqaro baholash dasturlari integrasiya qilingan nazorat materiallari asosida tekshiriladi hamda baholanadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан