Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘rikzor” bozorida koronavirus chiqqan sotuvchining o‘g‘li va qizida ham infeksiya aniqlandi
30.05.2020 21:00,  
354

So‘nggi kunlarda Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari qatori Toshkent shahridan ham aholi orasida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni kun sayin oshib bormoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Kasallanish ko‘rsatkichlari shu tempda o‘sib borsa epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayadi. Bu esa aholidan yanada hushyor bo‘lib, o‘zi va yaqinlari salomatligiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishlarini talab etmoqda.

Jumladan, bugun, hozirga qadar poytaxtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan 11 nafar fuqaroning barchasi aholi orasidan kasallikni yuqtirib olgan. Misol uchun, bir necha kun oldin  “O‘rikzor” savdo majmuasi sotuvchisi koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. Endilikda uning o‘g‘li va qizida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 

Ayni vaziyatdan ma’lum bo‘ladiki, har bir fuqaro, avvalo, karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlari lozim. Zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqib, uyga kelganingizda ham qo‘lingizni sovunlab, qayta-qayta yuving. Qo‘l berib salomlashish, quchoq ochib ko‘rishishdan tiyilish lozim. Eng muhimi, ijtimoiy masofani saqlang, jamoat va odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq yuring, doimo tibbiy niqob taqib yurishni unutmang. Aks holda nafaqat o‘zingiz, balki oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz sog‘ligini ham jiddiy xavf ostida qoldirishingiz mumkin. 

Shu kunlarda mamlakatimiz shifokorlari 726 nafar koronavirusga chalingan bemorlar hayoti uchun tunu kun  kurashmoqdalar. Afsuski, bemorlarning 7 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан