Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘rikzor” bozori sotuvchisida yana koronavirus chiqdi
28.06.2020 20:02,  
394

26 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 250 nafar bemordan 25 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 27 iyun kuni esa 255 nafar bemordan 54 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 39 nafari Toshkent shahrida aniqlandi

Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, ham umumiy kasallanish ko‘rsatkichi biroz oshgan bo‘lsa, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa keskin o‘sganligini ko‘rish mumkin.

Jumladan, “O‘zbektelekom” kasaba uyushmasi xodimi J.X.da, Yunusobod tumanida yashovchi N.Ya.da (Shifoxonaga yotish maqsadida namuna topshirgan)  va yana ushbu tumanda yashovchi 2 nafar  fuqaro (Yunusobod dehqon bozoridan bir necha bor xarid qilgan), Olmazor tumanida yashovchi B.I.da (tana harorati ko‘tarilib, namuna topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi B.A.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Uchtepa tumanida yashovchi N.A.da koronavirus qayd etilgan.

Shuningdek, “O‘rikzor” savdo majmuasining oziq-ovqat do‘koni sotuvchi F.X.da, Shayxontohur tumanidagi Sut mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishchisi F.R.da, Yunusobod tuman FXDYo bo‘limi mas’ul xodimi  S.S.da, 1-son Respublika klinik shifoxonasida davolanayotgan bemor O.A.da, “Ipoteka” bank Shayxontohur filiali kassiri M.X.da, “Asaka bank” bosh ofisi xodimi A. D.da , Sergeli tumanidagi “Inter injenering” qurilish kompaniyasi xodimi T.K.da  ham kasallik aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан