Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Orol dengizining barcha qismlaridan foydalanishni bitta davlat korxonasiga topshirish ma’qul emas — Antimonopol qo‘mita
15.06.2020 18:33,  
146

Monopoliyaga qarshi kurash davlat qo‘mitasi Mo‘ynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasini tashkil etish va Orol dengizining O‘zbekiston Respublikasiga tegishli barcha qismidan foydalanish bo‘yicha taklifning raqobatga ta’sirini baholash bo‘yicha xulosasini taqdim etdi.

Taklif Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida artemiya sistasini ovlash va qayta ishlashni samarali tashkil va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasida keltirilgan.

"Yangi davlat korxonasi monopoliyasi kerakmi?", - deya savol qo‘yadi qo‘mita. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda Mo‘ynoq tumanida artemiya sistalarini ovlash, quritish, qayta ishlangan mahsulotni eskporti bilan 23 ta sub’yektlar shug‘ullanib kelmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurash davlat qo‘mitasi quyidagilarni xulosa qiladi:

  • birinchidan, mazkur bozorda (artemiya sistasi yetishtirish va sotish) davlat unitar korxonasini tashkil etish maqsadga muvofiq emasligi;
  • ikkinchidan, Orol dengizining O‘zbekiston Respublikasiga tegishli barcha qismini artemiya sistasini ovlash va qayta ishlash tarmog‘ini rivojlantirish uchun barcha tadbirkorlik sub’yektlariga teng sharoitlar yaratish;
  • shu soha bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini kengaytirish uchun ko‘maklashish;
  • artemiya sistasi yetishtiruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga kvotalar ajratishda xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etish talabi belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан