Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Orqadog‘» milliy xavfsizlik vazirini ishdan bo‘shatdi
13.02.2020 18:03,  
1182

12 fevral kuni kechasi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat milliy xavfsizlik vaziri general mayor Yaylim Berdiyevni «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar beradi «Xroniki Turkmenistana».

General mayor Yaylim Berdiyev

Daryo.uz'ning yozishicha, Berdiyevning o‘rnini milliy xavfsizlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan polkovnik Gurbanmirat Annayev egallagan.

MAVZUGA DOIR: Turkmanistonda 40 yoshdan oshgan erkaklarga sochini qoraga bo‘yash taqiqlandi (video)

Milliy xavfsizlik vaziri Yaylim Berdiyev ushbu lavozimga 2018 yilning iyunida tayinlangan edi, bunga qadar u mudofaa vaziri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida Berdimuhamedov MXVga qattiq hayfsan bergandi. 2019 yilning dekabrida ichki ishlar vaziri Iskendar Mulikov ishdan haydalgach, prezident MXV rahbarining moliyaviy holati va mol-mulkini tekshirishni buyurgandi. Shuningdek, Berdimuhamedov «Turkman otlari» davlat birlashmasi rahbari Mergennepes Annanepesovni ham ishdan haydagandi.

MAVZUGA DOIR:

Turkmanboshi bayramda didjeylik qilib, amaldorlarni raqsga tushirdi (video)

Gurbanguli Berdimuxamedov sirkda chiqish qildi (video+foto)

Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdarni vazir etib tayinladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан