Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘rta Chirchiq tumanida hokimlik xodimi pichoqlandi
22.01.2021 11:46,  
543

Toshkent viloyat prokuraturasi O‘rta Chirchiq tumani hokimligi xodimiga tan jarohati yetkazilganligi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, tumanda yashovchi fuqaro B.A. 2021 yil 19 yanvar kuni nizoli xonadonga tuman hokimining egalik huquqi berish haqidagi qarori qabul qilinmayotgani, bunga tuman hokimligi xodimi T.S. to‘sqinlik qilayotgani vajidan u bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning qorin qismi va chap oyog‘i son qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 19 yanvar kuni O‘rta Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi B.A. Jinoyat-protsessual kodeks talablari asosida ushlangan.

Hozirda O‘rta Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан