Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘rta Chirchiqdagi korxonada oyiga 1 million dona broyler jo‘jalar yetishtirilmoqda (foto)
19.09.2020 15:17,  
362

O‘rta Chirchiq tumanidagi “Inter agro” mas’uliyati cheklangan jamiyati bundan uch yil ilgari tashkil etilgan bo‘lib, korxonada Koreya texnologiyalari asosida jo‘jalarni ko‘paytirish yo‘lga qo‘yilgan.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda xorijdan olib kelingan nasldor tovuqlardan ko‘paytirilayotgan jo‘jalar mahalliy hamkorlarga yetkazib berilmoqda. Har oyda yetishtirilayotgan bir million dona broyler jo‘jalar asosan buyurtma bo‘yicha ichki bozorlarga yuborilyapti.

Shuningdek, Tojikistonning «So‘g‘d parranda» korxonasiga ham shartnoma asosida 60 million bosh broyler jo‘ja eksport qilindi.

Hozirgi kunda korxonamizdagi ish o‘rinlari soni 35 nafarni tashkil etadi, – deydi jamiyat ishlab chiqarish va savdo bo‘limi boshlig‘i Akbar Bekchonov. Tuxumlar 15-22 kunda ochirib olinadi va 1,5-3 kunlik jo‘jalar buyurtmachilarga yetkazib beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан