Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘rta hol amerikaliklarni qanday muammolar qiynaydi?
4.12.2019 15:33,  
1406

O‘zbekistonda aholining aksarini (poytaxt va ba’zi markaziy shaharlarni hisobga olmaganda) bugun bir xil muammo qiynamoqda: energiya taqchilligi, svet o‘chishi va isitish uchun gazning yo‘qligi. Boshqa yana ko‘plab muammolar bor, lekin ular ikkinchi darajada hozir.

Amerikaliklar-chi? O‘rtacha amerikaliklar, asosan, qanday muammolardan shikoyat qiladi? Ular hayotidagi eng og‘riqli muammolar nima?

Amerikaliklar oldida kundalik yoki qisqa muddatli muammolar yo‘q. Ularda svet o‘chmaydi, qishda gazi pastlamaydi yoki oziq-ovqat narxi mavsumdan mavsumga qarab o‘zgarmaydi. Kartoshka-piyozdan tortib qulupnay va tarvuzgacha - hammasi qishin-yozin do‘konlarda mavjud va yil 12 oy ularning narxi bir xil turadi.

O‘rta sinf amerikaliklarni kelajak ko‘proq xavotirga soladi. Qisqa muddatda emas, uzoq muddatda ahvol yomonlashishi mumkin, degan xavotirlar bor. Bu qanday muammolar?

Ba’zilarini sanab o‘taman: boylar va o‘rta sinf o‘rtasida daromaddagi tafovut borgan sari kengayib borayotgani (ya’ni boylar boyib, kambag‘allar yanada qashshoqlashib bormoqda); uy, sog‘liqni saqlash, ta’lim olish narxlari borgan sari qimmatlashib borayotgani, ammo o‘rtacha maosh bunga mos tarzda o‘smayotgani; odamlarda iste’mol krediti qarzlarining o‘sib borayotgani, irqchilik va oq millatchilik kuchayayotgani, iqlim isishi oqibatida atrof-muhitning ifloslanishi.

Bularning salbiy asoratini 1-2 yilda sezish qiyin, lekin haqiqatda kelajak uchun jiddiy xavfga aylanishi mumkin bo‘lgan muammolar. Saylovlarda nomzodlar, asosan, shu mavzularda bahslar olib boradi. “Amerika orzusi” AQShda tobora ushalishi qiyinlashib borayotgan orzuga aylanib qolgani haqida avvalroq ham yozgan edim.

Lekin, har qalay, Amerikada hech kim ochidan o‘lmaydi, ko‘chada qolib ketmaydi yoki qishda sovuqdan, svet o‘chganidan qiynalmaydi, ya’ni qisqa muddatda ularning muammolari yo‘q. Ammo yuqorida tilga olingan ba’zi salbiy o‘zgarishlar borki, agar vaqtida ularga chora ko‘rilmasa, oqibati kelajakda yomon bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан