Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ortiqcha axborotni qanday yengish mumkin?
7.03.2018 09:17,  
26

Bemalol aytishimiz mumkinki, bugun nafaqat odamlar axborotni, balki axborot ham odamlarni izlaydi. Umuman keraksiz ma’lumotlar atrofimizni o‘rab olgan va xohlaymizmi, yo‘qmi ular bilan to‘qnashaveramiz.

Ortiqcha axborot o‘zi bilan parishonxotirlik, xotiraning susayishi, uyquning buzilishi, charchoqni olib keladi va bu zararlar aysbergning yuqori qismi, xolos.

Quyida bir necha usullar sizni axborot shovqinidan to‘liq himoya qilmasa-da, lekin uni kamaytirib, sizga qanday hordiq olishni o‘rgatadi.

1. Har birimiz ijtimoiy tarmoqlarda o‘z akkauntlarimizga egamiz. Fasebook, Vkontakte, Tvitter, OK, LinkedIn, Instagram, Foursquare, Google+… Ulardan ko‘pchiligi deyarli kerak ham emas: vaqtimizni oladi va miyamizni keraksiz ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Bir varoq qog‘oz oling va sizga eng kerakli ijtimoiy tarmoqlarning ro‘yxatini tuzib chiqing. Mazkur ro‘yxatga kirmagan ijtimoiy tarmoqlarni shavqatsiz ravishda o‘chirib tashlang.

2. Ortiqcha axborot – nisbiy tushuncha. Agar do‘stlaringiz Fasebookda yuzlab guruhlar va sahifalarga a’zo bo‘layotganini va har kuni o‘nlab tvitlarni «favorite» qilayotganini ko‘rsangiz, bu ularning amallarini siz ham takrorlashingiz kerak, degani emas. Har kimga har xil: kimgadir beziyon bo‘lgan narsa, boshqa birov uchun halokatli bo‘lishi ham mumkin.

3. Ijtimoiy tarmoqlarda lentangizni foydasiz, bekorchi va asabga tegadigan ma’lumotlar bilan to‘ldiradigan do‘stlaringizni qo‘rqmasdan «unfollov» qiling.

4. Har doim ham cheksiz axborot ummonida yolg‘iz suzish yaxshi emas. Ba’zan sifatli kontentni tanlab beradigan resurslardan foydalanish ko‘proq samara beradi. Namuna sifatida, Lifehasker nashri Rambler saytining bosh sahifasini tavsiya etadi.

5. Uxlang. Uxlashdan oldin toza havoda ozroq sayr qiling. Bu bilan siz miyangizga dam berasiz va fikr-u xayolingizni egallagan keraksiz ma’lumotlardan holi etasiz.

Agar ishingiz foyda keltirishni to‘xtatsa – axborot iste’mol qiling. Agar axborot ham foyda keltirishni to‘xtatsa – uxlab oling.

Ursula Le Guin.

6.  Ustuvorlikni aniqlab oling: sifatli axborotga e’tibor qarating, miqdoriga emas.

7. Axborotning passiv iste’molchisi bo‘lib qolmang, o‘zingiz ham kontent yarating. Shaxsiy blogingizni yuriting, juda bo‘lmasa qog‘oz kundalik yuritsangiz ham bo‘ladi. Bular sizga miyangizni ortiqcha fikrlardan xalos etadi.

8.  Axborot miqdori oshib ketishining asosiy sabablaridan biri – bu biz bir vaqtda bir necha ishni olib, hech qaysisiga e’tiborni to‘liq jalb qila olmaymiz. Avval bir ishni tugatib, so‘ng navbatdagisiga o‘ting.

9. Barcha qurilmalaringizni (kompyuter, telefon va boshqalar) ora-orada o‘chirib turing. Elektron pochtangizni har 15 daqiqada tekshirishga ham urinmang. Hammasini o‘chirib, o‘zingizga ozroq dam bering.

10. O‘zingizni «qayta yuklang». Kompyuterimiz qotib qolganida, odatda, nima qilamiz? To‘g‘ri, qayta o‘chirib yoqamiz. Miyangiz ma’lumotlarga to‘lib ketib, portlamoqchiligini his qilsangiz, o‘zingizni «qayta yuklang». Jiddiy kuch sarf etishni talab qilmaydigan ishlar bilan shug‘ullaning. Masalan, istirohat bog‘lariga boring, ko‘ngilochar ishlar bilan shug‘ullaning, «jinnilik»lar qilib turing – bir so‘z bilan aytganda, beg‘ubor bolalikka qaytib turing.

11.  Axborotni qanday qabul qilishimizga hech e’tibor berganmisiz? Odatda, matnni oxirigacha to‘liq o‘qib chiqmaymiz, ayniqsa, internetdagi maqolalarning faqat tepasini yoki qator tashlab, ba’zan esa faqat birinchi va oxirgi qismini o‘qiymiz, xolos. Kun bo‘yi chala informatsiyalarni yig‘ib, boshimizni atala bilan to‘ldiramiz. Bunday holatning oldini olish uchun yaxshi bir kitobni tanlab o‘qing. Badiiy kitob bo‘lishi shart ham emas. Bu axborot qabul qilish jarayoningizni izga tushiradi.

12. ] Biror bir g‘oya (loyiha) ustida ishlang. Bu o‘zingizning mutaxassislik faoliyatingizga bog‘liq bo‘lishi ham shart emas. Shunchaki o‘zingizga qiziq soha bo‘yicha g‘oya o‘ylang va uni amalga oshirishni boshlang. Bunda miyangiz ishonchli manbalardan eng kerakli axborotni qidirishni boshlaydi. Bu «nima bo‘lsa ham, vaqt o‘tsa, miyamiz nimalar bilandir mashg‘ul bo‘lsa bo‘ldi», degan fikrning oldini oladi.

13. Shunday holatlar bo‘ladiki, katta miqdordagi ma’lumotni eslab qolishga to‘g‘ri keladi, lekin vaqti kelib, ma’lum miqdordan ortig‘ini qabul qila olmay qolamiz: bechora miyamizga ortiqcha axborot sig‘may qoladi. Besh daqiqa oldin o‘qiganimiz allaqachon yodimizdan chiqib ketadi. Bunday holatlarda sahifa-sahifa matnlarni qahramonlarcha hazm qilishga urinmang. Axborotni soddalashtiring: o‘zingizga qisqa reja tuzib oling. Bundan ham yaxshisi – kerakli ma’lumotlarni vizuallashtiring: ularni rasm yoki sxema ko‘rinishida tasavvur qiling. Shunda xayolingizda eslatma sifatida saqlab qo‘yasiz.

Magistraturada o‘qib yurganim paytlarimda, bir ustozimiz aytgandi: «oldin ma’lumot topa olmay, borini ko‘paytirib yozish bilan shug‘ullanar edik. Endi esa axborot shunchalik ko‘pki, ularning eng keraklisini topib, qisqartirish bilan ovoramiz». Shunday ekan, doim ishonchli, foydali va kerakli ma’lumotlarni o‘qing.

Ma’lumotlar ko‘payib ketsa, siz, odatda, nimalar qilasiz? O‘z fikrlaringizni biz bilan baham ko‘ring.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан