Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ortiqxo‘jayev poytaxtda 30 mlrd so‘mlik daraxt ekishni taklif qilayotgan bir paytda,Qashqadaryoda nega daraxtlar qo‘porib tashlandi?
19.01.2021 17:19,  
368

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Buyuk Turon ko‘chasida minglab daraxtlarning qo‘porilayotganligi haqida Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi Davlat ekologiya qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi inspektorlari belgilangan manzil bo‘yicha murojaatni o‘rganib chiqdilar.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, viloyat hokimi qaroriga asosan ajratilgan 10 gektar yer maydonida Kichik sanoat zonasi tashkil etilayotgan bo‘lgan. Mazkur hududdagi 2 874 tup har xil turdagi daraxtlar davlat raqami (555 SA 70) ekskavator texnika vositasi yordamida ildizi bilan qo‘porilganligi aniqlandi va holat yuzasidan dalolatnoma tuzilgan.

Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Qarshi shahar Qurilish bo‘limining 2020 yil 23 noyabrdagi Qarshi shahar «Buyuk Turon» MFY, Buyuk Turon ko‘chasida tashkil etilayotgan «Kichik sanoat zonasi» hududidagi ekinzor va daraxtlarni tag qismidan olib tashlash to‘g‘risidagi murojaatiga javoban Qarshi shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan daraxt va butalarni kesish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan holda, daraxt va butalarni kesishga ruxsat berilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан