Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ortiqxo‘jayev Senat majlisida qanday muammoni ko‘tardi?
6.01.2021 16:47,  
630

Videokonferensiya shaklida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev uchdan ortiq qavatli uy-joylar qurilishi aholi norozigini keltirib chiqarayotganini aytdi.
“Keyingi paytlarda ayrim fuqarolarimiz tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari ko‘payib ketdi. Hususan, Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasida ko‘p qavatli kvartirali uylar qurish holatlari ortib bormoqda. Buning oqibatida qurilgan ko‘p qavatli kvartiralar uylaridagi muhandislik-kommunikasiyalar tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ayrimlari quvvati yetmay, ayrimlarida turli xil avariya holatlarini keltirib chiqarmoqda”, deydi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Hokimga ko‘ra, uchdan ortiq qavatli uylar qurilishi shu uylar atrofidagi aholining noroziligi va kommunal muammolarini ortishiga olib kelmoqda.
“2020 yil xatlov o‘tkazilganda, yuzdan ortiq yangi tartibdagi uy joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida uch va uchdan ortiq qavatli uy-joylar qurilgan. Ushbu holatlar shu uylar atrofidagi aholining noroziligini va kommunal muammolarini ortishiga olib kelmoqda”, deb xabar bermoqda Qalampir.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан