Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aqida Abdullajonova: "O‘sha vaqtda majlisga chaqirishgandi"
7.04.2021 10:12,  
3506

Avvalroq, Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi  31-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan, 2015 yilda tug‘ilgan Xoshimov Ulug‘bek Umarxon o‘g‘li 2021 yil 5 fevral kuni issiq suvdan kuyishi oqibatida 24 fevral kuni vafot etgani xabar qilingan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolakay issiq suv jumragini ochib yuborishi natijasida kuygan va bu paytda guruh tarbiyachisi yig‘ilishda bo‘lgan. Bu haqda "Yangi davr" dasturida tayyorlangan reportajda mazkur guruh tarbiyachisi Aqida Abdullajonova ma’lum qildi.

"Xonada edik, metodist kelib majlis deb chaqirdi. Hamma xodimlar majlisga chiqdi. Kelsam, yordamchi tarbiyachi baqirib yordamga chaqirayotganini, bolaning esa yerda tipirchilab yotganini ko‘rdim. Birdan birinchi yordam ko‘rsatib, badaniga "oblepixovoye maslo" surdim. Tez yordam chaqirib, shifoxonaga olib bordik. U paytda bola xushida edi", - deydi marhumning tarbiyachisi. 

Shifoxonada olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan voyaga yetmagan U.Xoshimov kuyish natijasida olgan tan jaroxatlari oqibatida 2021 yil 24 fevral kuni vafot etgan. 

Namangan viloyat STEBning 24.02.2021 yilgi 70-sonli xulosasida, marhum U.Xoshimovning o‘limi - qaynoq suvdan bosh, yuz va tananing boshqa qismlarining 2,3-darajali 70% kuyishi asorati natijasida poliorgan yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida o‘limga olib kelganligi va murda tanasida kuyishdan boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.  

Ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan kunning o‘zida viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida bog‘cha tarbiyachisi, tarbiyachi yordamchisi va defektolog tomonidan ishiga nisbatan sovuqqonlik va mas’uliyatsizlik qilgani aniqlanib, ular bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Shuningdek, muassasada nogiron bolalar foydalanadigan issiqlik tarmog‘ida ham nosozliklar mavjud ekanligi aniqlangan. 

Holat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonlarida hodisada jinoyat alomatlari yo‘qligi aytilganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda bu keng muhokamalarga sabab bo‘lib ketdi.

Shundan so‘ng, holat yuzasidan O‘zb. Res. JKning 116-moddasi 3-qismi, 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан