Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng ko‘p sayyohlar tashrif buyurgan shaharlari nomi e’lon qilindi (foto)

Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng ko‘p sayyohlar tashrif buyurgan shaharlari nomi e’lon qilindi (foto)

Mastercard Osiyo-Tinch okeani mintaqasida eng ko‘p sayyohlar tashrif buyurgan 10 ta shahar nomini e’lon qildi.

Bangkok, Singapur, Kuala-Lumpur, Tokio va Seul Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng ko‘p sayyohlar tashrif buyurgan joylaridir. Shu beshta shaharga butun mintaqa sayyohlar sonining beshdan bir qismi to‘g‘ri keladi.

1. Bangkok
Jami 22.8 million sayyoh tashrif buyurgan. Shahar byudjetiga 20 mlrd $ pul tushgan.

2. Singapur
Janubi-sharqiy Osiyodagi yana bir poytaxt-shaharni ko‘rish uchun bu yerga 14.7 million sayyoh kelgan. Shahar dengiz savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan.

3. Kuala-Lumpur
Kuala-Lumpurga 2018 yil davomida 13.8 million sayyoh tashrif buyurgan. O‘rtacha hisobda bir sayyoh 6 kunda bemalol Malayziya poytaxtini aylanib chiqishga ulguradi.

4. Tokio
Yaponiyaning ma’muriy, moliyaviy, sanoat va siyosiy markazi. 12.9 million sayyoh tashrif buyurgan.

5. Seul
Koreya poytaxti Seul ayni paytda yirik turizm markazi hamdir. Shahar 11.3 million sayyoh tashrifi tufayli 9.2 mlrd $ daromad oldi.

6. Osaka
Yaponiya sanoating yuragi Osaka shahri ro‘yxatning oltinchi pog‘onasidan joy olgan. Bu shaharni ko‘rish uchun dunyoning turli burchaklaridan 10.1 million sayyoh tashrif buyurgan.

7. Pxuket
Hind okeanidagi Andaman dengizi sohillaridagi orol to‘laligicha turizmga ixtisoslashgan. Jahon darajasidagi golf maydonlari bilan mashhur. U yerga 9.9 million sayyoh tashrif buyurgan.

8. Pattaya
Indoneziyaning yana bir sayyohlik markazi bo‘lgan Pattaya kurort shahar hisoblanadi. O‘tgan yili 9.4 million sayyoh tashrif buyurgani evaziga shahar sayyohlikdan 6.3 mlrd. $ daromad qilgan.

9. Bali
Malay arxipelagidagi Bali oroli Indoneziyaning eng muhim sayyohlik markazlaridan biridir. O‘tgan yili 8.3 million sayyoh Balini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lgan.

10. Gonkong
Xitoy tarkibidagi maxsus ma’muriy hudud Gonkongga o‘tgan 2018 yil davomida 8.2 million tashrif buyurgan. O‘zining bir qancha diqqatga sazovor joylari bo‘lishi bilan bir qatorda u Osiyoning moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi.