Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Ot o‘rnini toy bosar» Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘lini o‘ziga o‘rinbosar etib tayinladi
12.02.2021 10:45,  
465

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovni Sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri lavozimidan ozod qilib, Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda "Orient" xabar berdi.

Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasi raisining yana bir rais o‘rinbosari lavozimini joriy qildi va uni Davlat xavfsizlik kengashiga kiritib, Oliy nazorat palatasi raisi etib tayinladi. Bu lavozimga Serdar Berdimuhamedov tayinlandi.

Bosh vazirning yangi o‘rinbosari, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimida, moliya-iqtisodiy sektorda va ijtimoiy sohada raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish uchun javobgar bo‘ladi.

Prezidentning yangi lavozim maqomi to‘g‘risidagi farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasida Nazorat bo‘limi tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘zi Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан