Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ota 6 yoshli o‘g‘lini o‘qlov bilan urib o‘ldirdi
6.02.2021 20:49,  
1167

Ushbu fojea Rossiyaning Taldom shahrida ro‘y berdi. Ayolining iltimosi bilan uyda bolalariga qarab o‘tirgan o‘zbekistonlik erkak farzandini o‘qlov bilan 26 marta urgan. Bola hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda «MK» manbasi xabar berdi.

Ushbu yosh oila Zaprudnya posyolkasidagi uch qavatli uyda ijarada yashagan. Er-xotinlar kvartirada qolgan 6 va 4 yoshli ikki o‘g‘liga galma-galdan qarab turishib, ishga ham navbatma-navbat borib kelishgan.

2020 yil 3 avgust kuni farzandlarni olib qolish navbati 26 yoshli oila boshlig‘iga keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, soat taxminan 16:00da bolalarni kiyintirib, koridorda kutib turishlarini aytgan. Ammo chiqib qarasa, ular gapga quloq solmay ko‘chaga chiqib ketganlar. Shunda katta o‘g‘li zinadan yiqilib tushgan.

Bundan fig‘oni falakka chiqqan otani bolalarning ko‘z yoshlari ham, yalinishlari ham to‘xtata olmagan. U keyinchalik o‘g‘illarini «ta’zirini berib, tarbiyalamoqchi bo‘lgani»ni aytadi. Afsuski, bunday bag‘ritoshlik kenjatoyning hayotiga zomin bo‘ldi. Shifokorlarning aniqlashicha, 4 yoshli bolaga yog‘och o‘qlovdan juda ko‘p jarohatlar yetkazilgan, u travmatik shok holatiga tushib qolgan. Vrachlarning aytishicha, marhumning tanasida deyarli sog‘ joy qolmagan edi.

Sudda ko‘z qonga to‘lgan beshafqat ota o‘z aybini tan olib, pushaymon ekanligini bildirgan. Erkakning aytishicha, ushbu hodisaga sog‘lom turmush tarzi «aybdor» ekan. U ichish va chekishni tashlagandan keyin asabiy bo‘lib qolgan emish. Shuning uchun o‘zini tuta olmabdi.

Sud uni Jinoyat ishining tegishli moddasi bilan aybdor deb topib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Jazo qat’iy rejim ostidagi koloniyada o‘talishi ko‘rsatib o‘tildi.   

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан