Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Otabek Sattoriyga nisbatan ochilgan tergov harakatlari yakuniga yetdi
1.03.2021 14:21,  
506

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilish jarayonida aniqlanishicha: Otabek Sattoriy 2020 yilning iyun oyidan 2021 yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, fuqarolarning sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkini, mulkiy huquqini topshirishini, mulkiy manfaatlar berishini, mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishini talab qilib, jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish hamda nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i (“Telegramm”, “Facebook”, “YouTube”) da joylashtirish orqali tuhmat qilish, haqorat qilish kabi jinoyatlarni fuqaro Isroil X., Mastona A., Nasiba N., To‘xtamish K., O‘tkir T., Ashur X., Zokirjon X., Lochin T.,larga nisbatan sodir qilib, ushbu fuqarolarning ayrimlaridan moddiy manfaat ko‘rib kelganligi ma’lum bo‘lgan.

Olib borilgan tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2021 yilning 24 fevral kuni Sattoriy Otabek Abdumanonzodaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”,“b” bandlari va 3-qismi “a” bandi (Tovlamachilik), 139-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari (Tuhmat) hamda 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (Haqorat qilish) bilan avvalgi ayblov to‘ldirilib, shu kuni dastlabki tergov tamomlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga oshirish uchun Surxondaryo viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан