Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Otabek Umarov OOK vitse-prezidenti bo‘lishi mumkin
10.12.2020 13:07,  
367

Tarixda ilk bor O‘zbekiston tomoni Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surmoqda.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida 16 dekabr kuni O‘monning Maskat shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Bosh assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish, ushbu tadbirda bo‘lib o‘tadigan OOK rahbariyati tarkibiga, xususan, tashkilot vitse-prezidentligiga O‘zbekiston tomonidan taklif etiladigan nomzodni ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda sport va tashkilotchilik bo‘yicha katta salohiyatga ega bo‘lgan Otabek Umarov nomzodi Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligiga ilgari surildi.

«Ma’lumki, Otabek Muhammadaliyevich O‘zbekiston triatlon federatsiyasi hamda mamlakat MMA assotsiatsiyasidagi faoliyati orqali yurtimizda ushbu sport turlarining rivojini yangi bosqichga chiqara oldi.

Tadbir davomida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari direksiyasining direktori ham saylab olindi. Ushbu mas’uliyatli lavozimga MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov bir ovozdan ma’qul ko‘rildi», deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан