Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Otabek Umarov tezlikni oshirgani uchun jarima to‘ladi
20.07.2019 00:18,  
58

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov avtomobilida taqiqlangan tezlikda harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarima to‘ladi. 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarov boshqaruvidagi «Tesla» rusumli avtomobil tungi vaqtda Toshkent shahri ko‘chalarida soatiga 201 kilometr tezlikda harakatlanishi tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.

O‘zbekiston Prezidentining qizi Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i bo‘lmish Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qoidalarni buzgani uchun o‘z ixtiyori bilan borib kommunal kassa orqali jarima to‘laganini ma’lum qilgan.

«Kuni kecha ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda men bilan bog‘liq video tarqalgani Prezidentimizning ochiqlik va so‘z erkinligi siyosati amalda ekanini ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.

Jurnalistlar va blogerlar haqiqatan ham real hayotimizda bor muammolarni ko‘tarib chiqayotgani quvonarli. Sizlar jamiyatda ro‘y berayotgan voqealarga befarq emasligingiz, odamlarning mavqeyi va lavozimidan qat’i nazar tanqid qilayotganingiz bizni o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashga va tartibga rioya qilishga chaqiradi. 

Bugunoq barcha jarimalar to‘landi. Qonun barcha uchun barobar! 

Shu fursatdan foydalanib, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining jonkuyar xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!», deydi Otabek.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан