Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Otabek Umarov “tonirovka” mavzusi xavfsizlikni ta’minlashda to‘siq bo‘lolmasligini ma’lum qildi
20.07.2019 11:40,  
63

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov Instagramdagi sahifasida avtoulov "tonirovka"si haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Umarovning fikricha, xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta’minlashda tonirovka hech ham to‘siq bo‘lolmaydi.

"Menga "Instagram"dagi sahifam orqali bahsli mavzu — "tonirovka" borasida juda ko‘p murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan bog‘liqligi uchun o‘z fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimcha, "tonirovka" mavzusi O‘zbekiston sharoitida dolzarb va o‘rinli ko‘tarilgan. Chunki yurtimizda iqlim sharoiti yoz oylari, ayniqsa, chilla payti juda og‘ir bo‘ladi.

Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatchilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdik. Hozirda "tonirovka" mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, shuni alohida aytmoqchimanki, bizda ushbu yo‘nalishda hamma zarur choralar ishlab chiqilgan va ijrosi ta’minlangan. Avtoulov "tonirovka"si xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta’minlashda bizga to‘siq bo‘lolmaydi", - deb yozgan Umarov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан