Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Otabek Umarovning avariyaga uchrashi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
5.03.2021 09:21,  
6983

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov 13 fevral, shanba kuni mototsiklni boshqarayotib, Toshkentning Mustaqillik shoh ko‘chasida, «Pushkin» metro bekati yaqinida Epica rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida hech kim vafot etmagan, Otabek Umarovning o‘zi zudlik bilan yo‘l-transport hodisasida qatnashgan Epica’da shifoxonaga yetkazilgan. Bu haqda Epica’ning egasi Bobur Mamatov «Korrespondent.uz» nashriga bergan videointervyusida ma’lum qildi. Video 4 mart kuni e’lon qilingan.

Intervyuda Bobur Mamatov hodisa haqida ijtimoiy tarmoqlar va bir qator OAVlarda tarqalgan tasdiqlanmagan xabarlarni rad etib, bu xabarlarda «ko‘rgan va eshitganlari haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmas»ligini ma’lum qilgan. U hodisa haqida «uzuq-yuluq axborot» tarqalishiga ularning «o‘sha joydan tez g‘oyib bo‘lib qolgani» sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

«O‘sha vaqtdagi mening istagim — men sabab shu odamga biror kor-hol bo‘lib qolmasin, uni tezroq kasalxonaga yetkazish kerak, holatini tezroq bilish kerak. Tez harakat qilish kerak edi. Istalgan joy qonagach, u joyni to‘xtatmasa bo‘lmaydi. Kutib o‘tirishga vaqt yo‘q edi. Shuning uchun darhol mashinamga o‘tkazib, olib ketildi», — dedi u.

Otabek Umarov mototsiklda kelib urilgan Epica.

Bobur Mamatov hodisa YTH ishtirokchilaridan birining tezligi yuqori bo‘lgani oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni ham inkor qilgan. «Katta tezlik, deyishdi. Shaharda mashinada yuradiganlarning hammasi biladi — soat 17:00 dan 20:00—21:00 gacha shaharda yurib bo‘lmaydi. Katta tezlikda ham yurib bo‘lmaydi», — dedi Epica’ning egasi.

Ta’kidlanishicha, YTH vaqtida Epica’da Bobur Mamatovdan boshqa hech kim bo‘lmagan. Ayni vaqtda, u YTHning ikkinchi ishtirokchisi Otabek Umarov ekanligini o‘sha vaqtda bilmagan. «Gapning ochig‘i, Alloh ko‘rib turibdi, bu o‘sha odam ekanligini taniganim ham yo‘q», — deya qo‘shimcha qilgan u. Mamatovning alohida ta’kidlashicha, «asosiysi — inson hayoti, asosiysi — Allohga ming shukr — odam soppa-sog‘, hammasi joyida».

«Korrespondent.uz» nashri Otabek Umarovning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot olish uchun uning yaqinlari bilan bog‘langan. Ma’lum bo‘lishicha, Umarov hozirda Janubiy Koreyada davolanmoqda, shu kunga qadar u ikki haftalik karantinda saqlangan. 4 mart uning operatsiyasi o‘tkazilishi kutilayotgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан