Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Otasining janozasidan qaytayotgan erkak toshbo‘ronga uchradi
19.06.2021 21:39,  
6040

Navoiy viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda G‘ozg‘on shahrida otasining dafn marosimidan uyiga qaytayotgan erkak toshbo‘ronga uchragani aytilgan videoga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 16 iyun kuni soat 08:00 larda G‘ozg‘on shahrida yashovchi O.Z. ismli erkak otasining dafn marosimidan uyiga qaytayotgan vaqtida ko‘chada R.O. ismli ayol bilan avvaldan bo‘lgan kelishmovchiligi sabab og‘zaki o‘zaro tortishib qolgan.

Shundan so‘ng R.O.ushbu holatni turmush o‘rtog‘i S.I.ga aytib bergan. S.I. esa o‘z navbatida M.Yo va H.R. bilan birga holatga oydinlik kiritish maqsadida O.Z. bilan gaplashib olmoqchi bo‘lgan. Ammo O.Z. uyiga kirib, qarindoshlari bilan qaytib ko‘chaga chiqqan va S.I., M.Yo. hamda H.R. bilan janjallashib, bir-birlariga tosh otishib ketgan.

Oqibatda O.Z. va M.Yo. tan jarohati olib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Mazkur holat G‘ozg‘on shahar IIB navbatchilik qismida qayd qilinib, fuqarolar O.Z., S.I., M.Yo. va H.R.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан