OTB O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr uzatish liniyasi uchun $110 mln. ajratdi

OTB O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr uzatish liniyasi uchun $110 mln. ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki va Afg‘oniston rasmiylari 20 oktyabr kuni Kobul shahrida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mablag‘larning asosiy qismi tashkilotning o‘zbek pudratchilari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish ishlariga yo‘naltiriladi. 

"Yaqin kelajakda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va "DA Afg‘oniston Breshna Shirkat" o‘rtasida ushbu EULni qurish bo‘yicha tegishli shartnoma imzolanadi", - deyiladi xabarda. 

 

Mavzuga doir: Sardor Umurzakov Afg‘onistondagi O‘zbek tili bayramida ishtirok etdi