Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OTB O‘zbekistonga 500 million dollar imtiyozli qarz ajratishga rozi bo‘ldi
25.06.2020 13:08,  
193

2020 yil 25 iyun kuni Osiyo Taraqqiyot Bankining Direktorlar Kengashi koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 500 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablag‘lari 15 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) Libor (6 oylik) + spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.

"Jalb qilinayotgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi va davlat byudjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘larini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xatarlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, OTB tomonidan Respublika Davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan" - deyiladi vazirlik axborotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан