Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga kredit ajratdi
7.04.2022 15:10,  
78

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga "Milliy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish uchun 24 yil muddatga, shu jumladan to‘rt yillik imtiyozli davrga 273,8 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi.

Ajratilayotgan puldan 183,8 mln AQSh dollari "4R105 Darband – Boysun – Elbayon" avtomobil yo‘lining 5-70 km va 4R100 "Manguzar – Jarqo‘rg‘on – Bandixon -Oltinsoy – Denov" avtomobil yo‘lining 128-174 km qismlarini rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 90 mln AQSh dollari "AZ80 G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu" avtomobil yo‘lining 228-315 km (87 km) qismini rekonstruksiya qilish"loyihasini yakunlashga ishlatiladi.

Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish muddati 6 yil (2022-2027 yillar, shu jumladan to‘rt yillik imtiyozli davr).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан