Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p uy-joylar quriladi – Prezident
3.03.2021 17:29,  
230

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan videoselektor bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar qilmoqda “Darakchi”.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, o‘tgan 4 yilda davlat dasturlari asosida 140 ming yoki yiliga o‘rtacha 35 mingdan uy-joylar barpo etilgan bo‘lsa, bu oldinlari yiliga qurilgan o‘rtacha uy-joydan 4-5 baravar ko‘p.

Lekin, bu yetarli emas, - dedi Prezident, - “Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yiliga kamida 100-150 mingta uy-joy qurish kerak”.

YaNGI FARMON!

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid yangi Farmon tayyorlangan.

Mazkur Farmonda, eng muhimi aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan ta’minlash va bu borada ularning tanlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutiladi.

Joriy yilda 54 ming oilalarni uy-joy bilan ta’minlash zarur. Jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta yoki o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p uy-joylar quriladi”, – dedi Prezident.

Shundan:

  • “Qishloq qurilish invest” va “Shahar qurilish invest” tomonidan 12 mingta;
  • yangi tartib bo‘yicha Moliya vazirligi tijorat banklariga joylashtiradigan resurslar hisobiga 26,5 mingta kvartira;
  • har bir viloyatda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 500 tadan, jami 6,5 mingta oilaga kredit ajratiladi. 

Shuningdek, xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilishi boshlangan 8 mingta kvartira joriy yilda foydalanishga topshiriladi. 

Videoselektor davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан