«O‘tkan kunlar» ingliz tilida nashr qilindi

«O‘tkan kunlar» ingliz tilida nashr qilindi

2019 yilda millatparvar yozuvchi Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani amerikalik sharqshunos Mark Eduard Riz tarjimasida, ingliz tilida “Bygone days” nomi bilan kitob holida chop qilindi.

2019 yilning 27 dekabr kuni O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida, joriy yilning 27 aprel kuni esa yurtimizda, Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida — Abdulla Qodiriy haykali yonida kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mark Riz Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanini o‘zbek tilidan inglizchaga to‘liq o‘girgan dastlabki tarjimon hisoblanadi. Tarjima uchun romanning 1926 yil bosilgan ilk va qisqartirilmagan nashri tanlangan. Tarjima ishlari 2004 yilda boshlanib, 2019 yilda yakunlangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, o‘zbek adabiyoti tarjimoni Mark Edvard Riz madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi hissasi uchun 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.