Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OTMlarda darslar faqat an’anaviy tarzda o‘tilishi haqidagi xabarlar rad etildi
12.12.2020 12:57,  
327

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida 2021 yil 16 yanvardan dars jarayonlari faqat an’anaviy tarzda boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu yolg‘on ma’lumot. 

Qayd etilishicha, respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida darslarning an’anaviy tarzda tashkil qilinishi faqat vazirlikka bog‘liq emas. Buning uchun Respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda ish olib boriladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 16 noyabrdan e’tiboran an’anaviy shaklda davom ettirilmoqda. Bunda talabalarning o‘zi an’anaviy yoki onlayn ta’lim shaklini tanlashi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан