Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OTMlarda koronavirus tarqaldimi? Hozirda vaziyat qanday? Vazirlik holatga rasmiy izoh berdi
27.01.2021 10:07,  
382

Telegramdagi ayrim kanallarda ba’zi oliy ta’lim muassasalari (O‘zMU, TDSHU, FarPI, TATU Samarqand filiali) talabalari orasida koronavirus aniqlangani hamda fakultet va yotoqxona qavatlari dezinfeksiya uchun yopilgani to‘g‘risida xabarlar tarqatilmoqda. Avvalo, bu kabi xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilamiz, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabarida.

Aytish joizki, xabarda ko‘rsatilgan oliy ta’lim muassasalari  talabalari orasida ayni kunlarda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan va birorta ham talabalar turar joyi binosi yopilmagan.

«Hurmatli ijtimoiy tarmoqlar faollari!

Haqiqatan ham, axborotni birinchi bo‘lib ommaga tezkor yetkazish davr talabi. Lekin har qanday xabarni emas, balki tekshirilgan, asoslangan ma’lumotlarni e’lon qilish – eng muhim jihat va jurnalistikaning «oltin qoida»si ekanini eslatib o‘tamiz!

Shuning uchun xabarlarni tarqatishdan avval biroz sabr qilib, aniqlik kiritib, keyin e’lon qilish, juda ham zarur bo‘lmasa, bu turdagi sovuq xabarlarni ommalashtirishdan tiyilish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz!.

Chunki, noto‘g‘ri talqin qilingan, hali to‘liq aniqlik kiritilmagan, shoshilinch tarzda tarqatilgan kichik bir xabar minglab yoki milllionlab insonlarda xavotir uyg‘otishi tabiiy, albatta. Nafaqat xavotir uyg‘otadi, balki shu kasallik o‘zida bor yoki yo‘qligi haqida shubha-gumonga borib, qo‘shimcha kasalliklar orttirib olishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga asossiz va yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ma’muriy va jinoiy javobgarlik normalari belgilanganini unutmang!

Qolaversa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari bu kabi (kasallik aniqlanishi) holatlar jiddiy tus olib, keng tarqala boshlasa, ularni yashirishdan manfaatdor emas.

Vazirlik Axborot xizmati bugun ham, kelajakda ham ijobiy xabarlarni tarqatishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilamiz», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida koronavirus aniqlangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан