Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OTMlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
13.06.2020 22:05,  
236

OTMlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4749-son, 12.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda:

- abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi;

- kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi;

- abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab:

• Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi;

• magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq, davlat buyurtmasi parametrlari:

- bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
•  kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar;
•  sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar;
•  kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar etib;

- magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 425 nafar etib tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан