Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OTMlarga test sinovlari muddatiga oydinlik kiritildi
17.07.2021 16:21,  
522

2021 yil 16 iyul kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surilganligi va epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi joriy yil sentyabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilayotganligi e’lon qilindi.

Davlat test markazining ma’lum qilishicha, ayrim telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur xabar «Kirish imtihonlari karantin sabab sentyabr oyiga qoldiriladigan bo‘ldi» sarlavhasi ostida berilishi natijasida ko‘plab fuqarolar xabarni to‘liq o‘qimasdan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sentyabr oyiga qoldirildi degan xulosaga kelishmoqda.

Shu sababli ko‘pchilik tomonidan DTMga «Imtihonlar haqiqatdan ham sentyabr oyiga qoldirildimi?», «Nima uchun sentyabr oyiga qoldirildi?» kabi mazmundagi murojaatlar kelib tushmoqda ekan.

DTM shu bo‘yicha ma’lum qildiki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari sentyabr oyiga surilgani yo‘q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан