Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘yinlar va ish uchun ideal» yangi RedmiBook e’lon qilindi​
22.05.2020 05:26,  
228

Xiaomi korporatsiyasining arzon brendi o‘tgan yilning oxirida RedmiBook 13 noutbukni ham ko‘rsatgan. Endi esa, Redmi 10X 5G bilan birga ushbu laptopning davomchisi chiqishi aytilayotgan edi.

Redmi kompaniyasi ushbu mish-mishlarni birinchi bor rasman tasdiqladi. Yangi posterida u o‘yinlar va ish uchun qanday ekran ideal darajada mos kelishi haqida foydalanuvchilarga savol bergan. Unga javob esa 26 may kuni – “Ikki karra 5G”da ishlovchi Redmi 10X taqdimot tadbirida aytiladi. Umuman, shu kuni kompaniya mazkur noutbuk va smartfondan boshqa yangi mahsulotlarini ham namoyish etadi.

Avvalroq insayderlar bergan xabarlarga ko‘ra, RedmiBookʼning yangi avlodi AMD Ryzen 4000 protsessorlariga ega noutbuk bo‘ladi. Foydalanuvchilar o‘z xohish va imkoniyatlariga qarab, uning Ryzen 5 4500U yoki Ryzen 7 4700U chipsetli variantini tanlashlari mumkin.

Laptop 16 gigabaytlik tezkor xotira hamda 512 gigabaytlik SSD-xotira bilan chiqariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан