Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Oyog‘i yerdan uzilgan Uchqo‘rg‘on YPX xodimlari" bo‘yicha ma’lumot berildi
9.05.2021 09:20,  
2185

Joriy yilning 2 may kuni soat 09:30larda, Namangan viloyati Uchqurg‘on tumani hududida joylashgan dehqon bozori oldida xizmat olib borayotgan IIB YHXB inspektori mayor G‘.Ibragimov tomonidan davlat raqam belgisisiz harakatlanib kelgan "Neksiya" rusumli avtomashinani to‘xtatilgan. Haydovchining me’yoriy hujjatlarni tekshirish vaqtida ham kamchiliklar aniqlangan va tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.  

Ma’lum qilinishicha, oradan 3 kun o‘tib, joriy yilning 5 may kuni soat 09:22larda IIB YHXB inspektori G‘.Ibragimov yuqorida ko‘rsatilgan joyda xizmat olib borayotgan vaqtda ushbu "Neksiya" haydovchisi uning oldiga borib xodimdan ko‘krak nishon belgisini so‘rab video tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqga tarqatgan.  

Hozirda maskur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан