Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ozarbayjon pandemiyaga qarshi xorijiy yordamlarsiz kurashdi – Ilhom Aliyev
4.12.2020 13:52,  
70

Ozarbayjon koronavirusga qarshi kurashishda hech bir davlatdan yordam olmagan. Aksincha, boshqa davlatlarga, jumladan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga 10 million AQSh dollari miqdorida yordam mablag‘larini kiritgan. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kecha, 3 dekabr kuni Nyu-Yorkda o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining davlat va hukumat rahbarlari darajasidagi COVID-19 ga qarshi kurashga bag‘ishlangan maxsus sessiyasida gapirgan. 

Prezident Aliyev pandemiya davrida Ozarbayjonda virus tarqalishini to‘xtatish uchun ko‘rilgan choralar haqida so‘z ochib, ular o‘z o‘rnida, to‘g‘ri bajarilganini ta’kidladi.

“Ozarbayjonda virus tarqalishini to‘xtatish uchun o‘z vaqtida va zarur profilaktik ishlar olib borildi. Biz COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatga javoban tegishli choralarni ko‘rdik. Bugungi kunda koronavirus bilan kasallangan bemorlar mamlakatimizdagi 46 ta davlat shifoxonalarida davolanmoqda. Pandemiya boshlangan paytda bizda faqat 6 ta funksional laboratoriya mavjud edi. Ayni paytda bizda 40 dan ortiq operatsion laboratoriyalar mavjud”, deydi Aliyev.

Ozarbayjon Prezidenti so‘zida davom etar ekan, mamlakat pandemiyaga qarshi kurashda xorijdan hech qanday moliyaviy yordam jalb qilinmaganini ta’kidlab, aholining qariyb teng yarmi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanganini aytdi.

“Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun hukumat 2,5 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdordagi ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy yordam paketini taqdim etdi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari qariyb 5 million kishini qamrab oldi, bu mamlakatimiz aholisining yarmi degani. Pandemiyaga qarshi kurashni moliyalashtirish faqat mahalliy manbalardan, hech qanday xorijiy moliyaviy yordamlarsiz amalga oshirildi”, deydi Prezident.

Ilhom Aliyev so‘zi davomida Pandemiya boshlanganidan buyon Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Ozarbayjon 30 dan ortiq mamlakatlarga gumanitar va moliyaviy yordam ko‘rsatganini ta’kidladi.

“Endi butun dunyo pandemiyaning yangi to‘lqini bilan duch kelmoqda. Pandemiya boshlanganidan buyon Ozarbayjon Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan yaqin aloqada bo‘lib kelmoqda. Dastlabki kunlarda tashkilotning bizga yuborgan qimmatli maslahatlari va mutaxassislari uchun minnatdormiz. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiyaga qarshi kurashda Ozarbayjonni namuna sifatida tan oldi. Biz JSSTga 10 million AQSh dollari miqdorida ikkita ixtiyoriy mablag‘ ajratdik. Shu bilan birga, hozirgi kunga qadar Ozarbayjon 30 dan ortiq mamlakatlarga gumanitar va moliyaviy yordam ko‘rsatdi”, deydi Ilhom Aliyev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi nomidan Ozarbayjonga gumanitar yordam yuklari ortilgan maxsus samolyot yuborildi. Oradan ko‘p o‘tmay – 18 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev topshirig‘iga ko‘ra, qardosh O‘zbekiston xalqiga gumanitar yordam tariqasida Ozarbayjon davlatining maxsus tibbiy jihozlari jo‘natildi.

Ma’lumot o‘rnida, 10 million aholiga ega Ozarbayjonda koronavirusga chalinganlar 133 733 nafarni tashkil etmoqda. Bu albatta, rasmiy hisobot. Bemorlarning 1 510 nafari vafot etgan, 81 234 kishi sog‘aygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан