Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da 550 nafar arman askari halok bo‘lganini xabar berdi
28.09.2020 10:33,  
1440

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar paytida 550 dan ortiq armanistonlik harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi "Interfaks-Ozarbayjon" nashriga ma’lum qildi. 

Avvalroq, Yerevan o‘z tarafidan 16 kishi halok bo‘lganligi va 200 dan ortiq kishi yaralangani haqida e’lon qilgandi.

«Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Armaniston qurolli kuchlari yakshanba kungi janglarda jiddiy yo‘qqotishlarga duch kelishdi. Xususan, Ozarbayjon armiyasi 22 ta tank va boshqa og‘ir zirhli texnika, 15 ta "OSA" havo hujumiga qarshi mudofaa raketa tizimi, 18 ta dron, 8 ta artilleriya moslamasi va 3 ta o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi. Bundan tashqari, 550 dan ortiq harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi», - deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Bokudagi Ozarbayjon harbiylari va texnikalari orasida yo‘qotishlar aniq aytilmagan. Avvalroq Armaniston mudofaa vazirligi 200 ga yaqin ozarbayjonlik askarlarning o‘limi, shuningdek, 30 ta zirhli texnika va 20 ta dronning yo‘q qilinishi haqida xabar bergan edi.

Tog‘li Qorabog‘dagi aloqa chizig‘ida Armaniston va Ozarbayjon harbiylarining to‘qnashuvi 27 sentyabr kuni ertalab sodir bo‘ldi. Tomonlar mojaroning avj olishida bir-birlarini ayblashdi. Ikki tomonning samolyotlari, artilleriyasi va tanklari ishtirokidagi to‘qnashuv tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi va mintaqadagi 1994 yildan beri eng yirik to‘qnashuv bo‘ldi. Har ikki mamlakatda ham harbiy safarbarlik e’lon qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан