Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zAtom” agentligi “Chernobil hududi tabiat uchun jannatga aylangani”ga izoh berdi
18.01.2020 18:35,  
1236

Avvalroq tarmoqda UzAtom yorlig‘i tushirilgan, "Chernobil hududi tabiat uchun jannatga aylandi" deb yozilgan slayd rasmi tarqalgani, bu rasm ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lgani haqida yozgan edik.

"O‘zatom" agentligi bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda aytilishicha, 2020 yilning 18 yanvarida Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universitetida “O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Chernobil AESi yon-atrofidagi tark etish zonasi misolida radiatsiya va nurlanishning turli genetik mutatsiyalarga hamda tabiatga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi slayd noto‘g‘ri talqin qilinmoqda va tarqatilmoqda, deyiladi bayonotda. 
 
"O‘zatom" agentligi ma’ruzachi o‘z chiqishida nimalarni aytib o‘tganini shunday tushuntirdi: 
 
«Hozirgi kunda atom energetikasi va yadroviy texnologiyalardan foydalanish sohasi atrofida haqiqatga zid ko‘plab afsonalar tarqalgan. Shunday afsonalardan biri radiatsiyaning ta’siri natijasida naslda genetik o‘zgarishlar hosil bo‘lishidir. Tarixda katta miqdordagi radiatsiyaning aholiga va tabiatga ta’siri holatlari bo‘lib o‘tgan. Masalan, Chernobil o‘rmonlarida ikki kallali hayvonlar yoki mutantlar yashashi to‘g‘risida afsona mavjud. Yoki Yaponiyada Xirosima va Nagasaki shaharlari bombardimon qilingandan so‘ng genetik o‘zgarishlar bilan bolalar to‘g‘ilayotgani haqida afsona mavjud. Keyingi slaydlardan ko‘rinib turibdiki, Chernobil AESi tark etish zonasida hozirda odamlar yashamaydilar, u yerda hech qanday xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaydi va shu sababli tabiat gullab yashnamoqda. Rasmlardan ko‘rinib turibdiki u yerda hech qanday ikki kallali hayvonlar yashamaydilar. Shuningdek, Keyingi rasmda Yaponiyadagi bombardimonlardan so‘ng yuqori dozadagi nurlanishni olgan ota-onalardan to‘g‘ilgan farzandlarni ko‘rish mumkin va hech qanday genetik o‘zgarishlar mavjud emasligiga ishonch hosil qilish mumkin”. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан