Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zavtosanoat" rasmiy veb-sahifasiga xakerlik hujumi uyushtirildi
1.06.2020 12:21,  
237

31 may kuni tunda noma’lum xakerlar "O‘zavtosanoat" kompaniyasining rasmiy sayti - uzautomotors.com saytiga hujum qilishdi. Hujum saytning vaqtincha ishlamay qolishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda kompaniyaning telegram-kanali xabar bermoqda.

Xakerlar saytning bosh sahifasida quyidagicha yozuv qoldirgan: "Where is the Security! Please repair your website! If you don’t it will be hacked as this!" (Qani xavfsizlik! Iltimos, veb-sahifangizni ta’mirlang. Agar bunday qilmasangiz, u yana shunday hujumga duch keladi!). 

Foto: Instagram/troll.uz

Kompaniya mutaxassislari saytdagi birorta fayl va sahifaga zarar yetmaganini aniqladilar va qisqa vaqt ichida sayt qayta tiklandi.

Hozirda kompaniyaning veb-sahifasi avvalgidek ishlayapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан