Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek fotografi depressiyaga oid avtoportretlar g‘olib bo‘ldi
20.08.2020 20:59,  
527

O‘zbekistonda tug‘ilgan fotograf Arseniy Nesxodimov "Depressiya" mavzusidagi bir nechta avtoportretlari bilan "Wellcome Photography 2020" mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Fotosuratchi 15 ming funt (202,8 mln. so‘m) ishlab oldi. Nesxodimov "Prozak" deb nomlangan beshta rasmlar to‘plamini yaratdi. 20 yoshidan beri depressiyadan aziyat chekkan iqtidorli fotografning aytishicha, antidepressantlar unga yordam bermagan va shuning uchun u o‘z ota-onasining uyida va Misrning Sharm al-Shayxida bo‘lgan voqealarni tasvirlash uchun Moskvadan chiqib ketishga qaror qilgan.

"Mening avtoportretlarim umidsizlik va ma’noni yo‘qotish bilan kurashishga yordam beradigan davolashning bir turi, ayniqsa pandemiyaning ushbu og‘ir davrida. Men uch oy ishsiz uyda qolib ketdim va yashashga mazmun bergan yagona narsa, - bu suratga olishni davom ettirish bo‘ldi", - dedi Nesxodimov.

Arseniy Nesxodimov. Foto: Wellcome Photography Prize

 

Hakamlar hay’ati turli mavzular bo‘yicha bahs olib borgan 13 mamlakatdan kelgan 25 nafar fotosuratchilarni tanlab oldi. G‘oliblar 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan onlayn tadbirda e’lon qilindi. G‘oliblarning nomlari va asarlari YouTube'da e’lon qilindi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан