Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek gilosining bir kilosi Rossiya bozorlarida 7,3 dollardan sotilmoqda
5.05.2020 13:55,  
338

Shu kunlarda o‘zbek gilosining ilk jo‘natmasi Rossiyaga muvaffaqiyatli eksport qilingan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi EastFruitʼga asoslanib xabar berdi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti maslahatchisi Baxtiyor Abduvohidovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Novosibirskka o‘zbek gilosi ortilgan birinchi yuk mashinasi kirib kelgan.

O‘zbek gilosining bir kilosi 550 rubldan (7,3 AQSh dollar) sotilgan va shu narxda baholanayotgan tabiiy mevalarga bo‘lgan talabdan ham oshib ketgan. Chakana savdoda esa ushbu mahsulotning taxminan 1 kilo uchun 13 dollardan ko‘proq baholangan bo‘lishi mumkin.

EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston har yili 35 dan 50 ming tonnagacha gilos eksport qiladi. Rossiya mintaqadagi gilosning eng yirik xaridori hisoblanadi va yiliga 100 ming tonnadan ko‘proq gilos sotib oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан