Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek harbiylari Moskvadagi paradda ishtirok etadimi?
17.06.2020 09:46,  
596

24 iyun kuni Moskvadagi Qizil maydonda bo‘ladigan "G‘alaba paradi"da ishtirok etish uchun Rossiyaga 12 mamlakatdan harbiy delegatsiyalar yetib keldi. Bu haqda Rossiya quruqlik qo‘shinlari rahbari armiya generali Oleg Salyukov "Qizil yulduz" (Krasnaya zvezda) gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Salyukovning ta’kidlashicha, "Armaniston, Belarus, Moldova, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy hamda O‘zbekiston" delegatlari tashrif buyurgan.

Moskvadagi harbiy paradda 13 mingdan ortiq harbiylar ishtirok etishi kutilmoqda, 234 ta zamonaviy va tarixiy yer usti harbiy texnikalari, jumladan, eng so‘nggi "Terminator" tanklarini qo‘llab-quvvatlovchi jangovar transport vositalari, "Koalitsiya-SV" va "Msta-SM" o‘ziyurar gambitalari, T-90M va "Armata" tanklari, "Buk-M3", "Tor-M2", S-400 zenit-raketa tizimlari, shuningdek 75 samolyot va vertolyotlar namoyish etiladi.

Ushbu xabar O‘zbekiston mudofaa vazirligi yoki rasmiy axborot manbalari tomonidan hozircha tasdiqlangani yo‘q.

Avvalroq Moskvadagi paradda O‘zbekiston prezidentining ishtirok etishga rozilik bildirganini Rossiya preziyenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан